Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bir erkak politsiya bilan otishma sodir etdi
Foto:TAMI CHAPPELL/REUTERS
AQShning Billings shahrida (Montana shtati) noma'lum kimsa do‘konlardan biriga yashirinib, voqea joyiga yetib kelgan politsiyani o‘qqa tutgan. Bu haqda KTVQ mahalliy telekanali xabar bermoqda.
Voqea 4 noyabrga o‘tar kechasi yuz bergan. Qurollangan erkak do‘konga o‘z avtomobilida bostirib kirgan. Voqea joyiga politsiya yetib kelgan. Erkak o‘shanda otishma bilan javob qilib, politsiya mashinasiga shikast yetkazgan.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi voqeadan avvalroq qurol-aslaha sotadigan boshqa do‘kondan qurol o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani uchun haydab chiqarilgan.
Bir necha soatdan keyin voqea joyida kuchli bang‘illash ovozi eshitilgan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, erkak yorug‘lik-shovqin granatasini uloqtirgan.
Ma'lum qilinishicha, politsiyachilar bino atrofini qurshab olishgan. Ular ekrak bilan muzokaralar olib bormoqdalar.
Mavzuga oid
15:26
«Urushni biz boshlamadik». AQSh va Isroil rahbarlari urushning maqsad va istiqbollari haqida nima demoqda?
15:18
General Keyn: AQSh Eron havo hududini nazoratga oldi
15:15
Trampning e’tirozi: Britaniya Eronga zarbalar uchun bazalarini bermadi
12:59