Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uglevodorod xom ashyosi qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha katta ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 3 noyabrda “2017-2021 yillar uchun uglevodorod xom ashyosi qazib olish hajmini oshirish dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatda aytilishicha, BAAning ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC kompaniyasi 248 ta gaz va 48 ta neft qudug‘ini qurish va “O‘zbekneftgazqazibolish” AJ konlarini to‘liq jihozlash bo‘yicha tenderni yutib chiqqan. Tender “Natural Gas-Stream” MChJ qo‘shma korxonasi tomondan o‘tkazilgan.
Enter Engineering RTe. LTD (Singapur) esa “O‘zbekneftgazqazibolish” AJ konlarida texnologik obektlarni qurib-jihozlash sharti bilan tenderni yutib chiqqan.
ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC va ERIELL GmbH (Avstriya) kompaniyalari konsorsiumi “O‘zbekneftgazqazibolish” konlarida 2017-2018 yillarda 328 ta quduqning kapital ta'mirini amalga oshiradi hamda “O‘zbekneftgaz” pudratchi bo‘linmalarini modernizatsiya qiladi va yangi qurilmalar bilan jihozlaydi.
Qarorda ta'kidlanishicha, Natural Gas-Stream va Bank GPB International S.A (Lyuksemburg) 12 oylik muddatga 200 mln dollarlik qisqa muddatli kredit taqdim qilish bo‘yicha kelishuv tuzishgan.
Qarorda aytishilicha, dastur ikki bosqichda: birinchi bosqich 2017-2018 yillarda va ikkinchi bosqich 2019-2021 yillarda amalga oshiriladi.
Prezident dasturdan metanoldan benzin olish bo‘yicha qurilmalarni qurish bo‘yicha ishlarni istisno qildi.
Dasturning birinchi bosqichi eng maksimal narxi 1,99 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu mablag‘lardan 503,81 mln dollarini “O‘zbekneftgaz” sarmoya qiladi. Xorijiy kreditlar hajmi 1,48 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Qarorga ko‘ra, 300,63 mln dollar mashinalar va qurilmalar xarid qilishga, 271,2 mln dollar qurilish-montaj ishlariga, 1,16 mlrd dollar quduqlar burg‘ilash va 48,7 mln dollar mavjud quduqlarning kapital ta'miriga yo‘naltiriladi.
Natijada gaz qazib olish hajmi o‘sishi 6,35 mlrd kub metr gaz, 114,72 ming tonna gaz kondensati va 75,5 ming tonna neftni tashkil qiladi. Gaz eksportining yillik hajmi 3,45 mlrd kub metrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025