Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an 13 noyabr kuni Moskvaga tashrif buyuradi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 13 noyabr kuni Moskvaga tashrif bilan keladi, deb xabar berdi RIA «Novosti» axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Turkiya prezidenti Putin bilan Sochida o‘tadigan Suriya milliy muloqoti kongressiga kurdlarning “Demokratik ittifoqi” vakillarining taklif etilishini muhokama qilmoqchi.
Shuningdek, Suriya va Iroqda terrorchilikka qarshi kurash mavzusiga ham to‘xtalib o‘tiladi.
Erdo‘g‘an 14 noyabrda Moskvadan Kuvaytga jo‘nab ketadi.
Ikki davlat yetakchilarining avvalgi uchrashuvi 28 sentabrda Anqarada bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
15:18 / 15.06.2026