Indoneziya WhatsApp messenjerini to‘sib qo‘ymoqchi
Indoneziya 6 noyabrda WhatsApp messenjeri uchinchi tomonlarning nomaqbul mazmundagi GIF-tasvirlarini o‘chirib tashlamasa, unda uni to‘sib qo‘yish bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Indoneziya aloqa va axborot vazirligi agar talab bajarilmasa, messenjer 48 soat ichida to‘sib qo‘yilishini ma'lum qildi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, vazirlik WhatsApp’ga bu talab bildirilgan uchta maktub yo‘llagan. “WhatsApp bizga javob berdi, biroq bizga uchinchi tomonga murojaat qilishni aytdi. GIF-suratlar ularning dasturida paydo bo‘lgan. Nima uchun biz uchinchi tomon bilan gaplashishimiz kerak?”, deb aytilgan vazirlikda.
Vazirlik, shuningdek, tasvirlar taqdim qiluvchi Tenor xizmati ham to‘silishini ma'lum qilgan.
Axborot agentligining ma'lum qilishicha, tasvirlarni o‘chirish talabi ularga bolalarning ko‘zi tushishi mumkinligi bilan bog‘langan.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024