Jahon | 07:40 / 06.11.2017
25698
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonidagi aviahalokatda shahzoda va yana bir necha kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistoni janubida qirollikning yuqori lavozimli shaxslari bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.

Aviahalokatda 9 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida okrug amiri o‘rinbosari, shahzoda Mansur bin Mukrin bin Abdulaziz Ol Saud va Asir viloyati politsiyasi boshlig‘i bor. Saudiya Arabistoni davlat televideniyesi qirollik oilasi a'zosi va 8 nafar yuqori lavozimli shaxsning halok bo‘lganlarini tasdiqlagan.

Foto: shahzoda Mansur bin Mukrin bin Abdulaziz Ol Saud

Ma'lum qilinishicha, amaldorlar inspektsion safarni amalga oshirayotgan bo‘lganlar.

Voqea sabablari o‘rnatilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid