17:35 / 06.11.2017
27956

Tramp baliqlarni oziqlantirishi bilan Abening kulgisini qistatdi 

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp baliqlarni oziqlantirishi bilan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening kulgisini qistatdi, deya xabar bermoqda CNN.

Telekanalning ta'kidlashicha, Tramp va Abe suv havzasiga maxsus qutichalarda bo‘lgan baliqlar ozig‘ini qoshiqlar yordamida tashlashgan.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti kutilmaganda butun qutichani bo‘shatib qo‘ygan hamda o‘z yordamchilari va Yaponiya bosh vazirining kulgisini qistatgan.

Avvalroq Trampning Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida AQSh hamda Yaponiya KXDRga maksimal bosim o‘tkazishga kelishib olgandi.

 

Mavzuga oid
Top