Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tryudo: «Muhojirlar Kanadani innovatsiyalar markaziga aylantiradi»
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Google Go North konferensiyasida so‘zlagan nutqida mamlakatga yuqori malakali muhojirlarni jalb qilish juda muhimligi haqida gapirdi, deya yozmoqda TechCrunch.
Donald Tramp AQShga kirishga cheklovlar joriy qilayotgan bir paytda, Jastin Tryudo Kanadada muhojirlar uchun eng qulay sharoitlarni yaratmoqda. U bu haqda Toronto shahrida bo‘lib o‘tgan Google Go North konferensiyasida so‘zlab berdi. «Kanadaga har yillik iqtisodiy o‘sishni aynan muhojirlar ta'minlab beradi, ayniqsa, innovatsiyalar sohasida. Boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishga qaror qilganlar, shubhasiz, juda ishonchli, qo‘rqmas va shijoatlidir. Ular o‘zlari va farzandlari uchun yanada yaxshiroq kelajakni qurishga qodir, - deya ma'lum qildi Tryudo. - Shuning uchun biz jahon darajasidagi professionallarni mamlakatimizga jalb etishga harakat qilmoqdamiz va ularga muvaffaqiyat qozona oladigan shart-sharoitlarni yaratayapmiz».
Xususan, shu yilning yozida Kanada hukumati yuqori malakali mutaxassislar uchun ish ruxsatnomalarini va vaqtinchalik yashash vizalarini olishni osonlashtiradigan yangi qoidalarni joriy etdi. Kelgusi ikki yil mobaynida ular bu hujjatlarni atigi ikki hafta ichida olishlari mumkin, avval esa bu jarayonga bir yil vaqt ketgan.
Innovatsiyalarni rivojlantirish Tryudo nutqidagi asosiy mavzulardan biri bo‘ldi. Uning fikriga ko‘ra, sun'iy idrokka, robototexnika va kvant kompyuterlarga investitsiyalar mamlakatning yuqori texnologiyalar dunyosida raqobatbardosh bo‘lib qolishi uchun zarur.
Bundan tashqari, Kanada bosh vaziri aqlli shaharlarni, xususan, Sidewalk Labs kompaniyasining Quayside loyihasini yaratish haqida gapirdi. Bu Toronto Sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan yangi tuman bo‘ladi, hamda unda butunlay yangilangan transport va infratuzilma tizimi, qulay uy-joy hamda shaxsiy hayotni himoya qilish bo‘yicha qat'iy talablar yaratiladi. Bundan tashqari, aqlli tumanda avtomatlashtirilgan transport va eng ekologik toza energiya tizimlari bo‘ladi. Google Canada bu yerga o‘zining bosh ofisini ko‘chiradi, dastlabki rezidentga aylanadi va tumanning rivojlanishiga 50 mln. dollar investitsiya kiritadi.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026