14:30 / 06.11.2017
27969

«U jamiyatga begona edi». Texaslik qotilni sobiq sinfdoshlari eslashdi

Foto: © Twitter

Daily Mail nashri jurnalistlari Texasda ommaviy qotillik sodir etgan Devin Patrik Kellini avvaldan tanigan kishilar bilan bog‘landi. Ularning bir nechasi muxbir bilan gaplashishga rozi bo‘lgan va Kelli yoshligida qanday bo‘lgani haqida gapirib berishgan.

«U xudoga ishonuvchi barchani ahmoq deb sanardi. U jamiyatga begona shaxs edi. U o‘zining ateistligini har joyda targ‘ib etardi. U bilan sinfdoshlari yaqin aloqa qilmagan, lekin u o‘zi kabilar orasida mashhur edi», deya eslagan Nina Rouz Nava.

Foto: © Daily Mail

Yana bir sobiq sinfdosh Patrik Boys qotilni tariflagan.

«U men bilgan birinchi raqamli ateist edi. Uning farzandlari ham bor edi. Maktabni tamomlaganidan keyin u harbiy xizmatga ketdi, ammo bir qancha vaqtdan keyin xizmatdan bo‘shadi. Negaligini bilmayman», degan Boys.

Foto: © Daily Mail

Kristofer Leo Longoriya esa bu hodisadan shokka tushgani haqida yozgan.

«Bu nimasi!? Devin Kellimi?! Hech qachon u bunday ish qilar deb o‘ylamagandim. U boshqacha edi, ammo men undan bunday ish kutmasdim. Oldindan nimalar bo‘lishini aytib bo‘lmas ekan», deya yozgan u o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasida.

5 noyabr kuni Amerikaning Texas shtati Sazerlend-Springs shahrida qurollangan erkak baptistlar cherkovi dindorlarini o‘qqa tutdi. Ushbu ommaviy qotillik oqibatida 26 kishi halok bo‘lib, yana 20 ga yaqin kishi yaralandi. Qotillik sodir etgan shaxs mashinasidan jonsiz holda topildi.

Cherkovdagi odamlarni o‘qqa tutgan shaxs AQSh fuqarosi, 26 yoshli Devin Patrik Kelli bo‘lib, u 2010 yildan 2014 yilga qadar AQSh harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan.

Mavzuga oid
Top