Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzordagi xonadondan 4400 dollarni o‘marib ketishdi
2017 yil 30 oktabrdan 31 oktabr kuniga qadar vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida fuqaro D.T.ning xonadoni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli bo‘lgan 4.400 AQSh dollari va 620.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Z.S. va R.I. sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026