Jahon | 19:20 / 07.11.2017
8482
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya AQShdan atom suv osti kemalari va josuslik vositalarini xarid qilmoqchi

Foto: Reuters

Janubiy Koreya AQSh bilan atom suv osti kemalari va eng zamonaviy josuslik vositalarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar qildi Koreya Respublikasining Ryonxap agentligi prezident Mun Chje In ma'muriyatidagi yuqori mansabli manbaga tayangan holda.

Bundan avval Mun Chje In va Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Seulda Janubiy Koreya tomonidan eng zamonaviy strategik vositalarni xarid qilish hamda ishlab chiqish haqida kelishib olgandi. Ma'muriyatdagi manbaning agentlikka ma'lum qilishicha, bu "qisman atom suv osti kemalari bilan bog‘liq, shuningdek, yuqori texnologiyali josuslik vositalarini ham qamrab oladi".

Pxenyanning harbiy tayyorgarliklari AQShga Tokio hamda Seulga KXDR tomonidan tahdid fonida eng zamonaviy qurol-yarog‘lar sotish uchun yaxshi imkoniyat bermoqda. Kuni kecha Tramp Tokioda Yaponiya Amerikaning tegishli qurollarini xarid qilsa, Shimoliy Koreya ballistik raketalarini urib tushirishi mumkin ekani haqida ma'lum qildi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe esa AQShdan yirik partiyadagi qurol xarid qilish rejalari borligini xabar berdi.

 

Mavzuga oid