Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning Afg‘onistondagi harbiylari 3 ming kishiga ko‘payadi
Shimoliy Atlantika alyansi 2018 yilda Afg‘onistonda o‘zining nojangovar missiyasini 13 ming kishidan 16 ming kishigacha kengaytiradi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 8-9 noyabrda Bryusselda bo‘lib o‘tadigan alyansga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashi oldidan berilgan matbuot anjumanda ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar sonining oshirilishi afg‘on kuchlarining tayyorgarligi hamda mashg‘ulot o‘tkazishlarini ta'minlashga qaratilgan. “Biz bu kuchlarning taxminan yarmini AQSh, qolganlarini esa NATO bo‘yicha ittifoqdosh davlatlar taqdim etishilarini kutmoqdamiz”, deb aytgan Stoltenberg.
NATO tarkibiga kiruvchi AQSh avgust oyida Afg‘onistondagi siyosatining yangi strategiyasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, amerikalik harbiylarning mamlakatdagi vakolatlari terrorchilikka qarshi kurashish maqsadida kengaytiriladi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026