Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yarashmoqchi emas. U Eronga qarshi 1979 yilda kiritilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter tomondan 1979 yilda Eronga qarshi kiritilgan sanksiyalarni yana bir yil uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, Tramp “Eronga nisbatan e'lon qilingan favqulodda vaziyatni” yana bir yil uzaytirish qarorini Vashington va Tehron o‘rtasidagi aloqalar “hanuzgacha normallashmagani”, “1981 yildagi ikki tomonlama kelishuvlarni bajarish jarayoni hali ham davom etayotgani” bilan izohlagan.
Gap AQSh va Eron o‘rtasidagi “Jazoir kelishuvlari” haqida ketmoqda. Bu kelishuvlarda ikki davlat bir-birining ichki ishlariga aralashmaslikka kelishib olgan edi.
Karter Eronga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni 1979 yil 4 noyabrda radikal kayfiyatdagi eronlik talabalar AQSh elchixonasini bosib olib, u yerdagi o‘nlab xodimlarni garovga olgandan keyin kiritgan. Amerikaliklarni Jazoir kelishuvlari imzolangandan keyin 1981 yil yanvaridagina ozod qilishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
01:58
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopilganini e’lon qildi
10:07 / 18.04.2026
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
22:08 / 17.04.2026