Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp kortejiga hurmatsizlik qilgan ayol ishdan bo‘shatildi
© AFP 2017 / Brendan Smialowski
Velosipedda harakatlanish vaqtida yo‘ldan o‘tib ketayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp kortejiga qarata o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan ayol ishini yo‘qotdi. Bu haqda Huffington Post xabar tarqatdi.
Bundan avvalroq Oq uy fotosuratchisi Trampning kortejiga qarata qilingan hurmatsizlik aks etgan suratni namoyish etgandi. Bu surat internet bo‘ylab tarqaldi. Ko‘plar amerikalik ayolni «qahramon»ga chiqarishdi.
Xabar qilinishicha, ushbu 50 yoshli ayol Juli Briksmen o‘zi faoliyat ko‘rsatadigan kompaniyaga suhbatga chaqirilgan va unga kompaniya siyosatiga zid ish qilgani bildirilgan.
Uning bu alfozdagi surati davlat buyurtmalarini bajaruvchi kompaniyaga zarar keltirishi mumkin deb hisoblanilgan va u ishdan bo‘shatilgan.
Mavzuga oid
15:22 / 02.07.2025
Buxoroda YPX kuzatuvidagi kortej va fuqaro o‘rtasida mojaro chiqdi
18:50 / 18.12.2023
Bayden kortejiga avtomobil urildi, AQSh prezidenti jabrlanmadi
15:25 / 26.05.2023
Germaniyada «begona» mashina Sholsning kortejiga suqilib kirib, aerodromga birga borgani aniqlandi
11:22 / 15.12.2022