Jahon | 10:10 / 07.11.2017
6766
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Saudiyadagi korrupsiya bilan kurashni qo‘llab-quvvatladi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni hukumatini mamlakatdagi korrupsiya bilan kurashda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Saudiya Arabistonining korrupsiya bilan kurash bo‘yicha Oliy qo‘mitasi yakshanba kuni taxminan 40 nafar nufuzli shaxsni qo‘lga olish haqida qaror chiqardi. Ular orasida qirollik oilasi a'zolari, sobiq va amaldagi vazirlar, harbiylar hamda tadbirkorlar bor.

"Men qirol Salmon va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga to‘liq ishonaman, ular nima qilayotganliklarini yaxshi bilishadi. Qirollik hukumati keskin munosabatda bo‘lganlardan ba'zilari o‘z mamlakatini yillar davomida talon-toroj qilib kelgan!” - deya yozdi Tramp Twitter’da.

Avvalroq saudiyalik shahzodalarning hibsga olinishi neft narxiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgani xabar qilingandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid