Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchisi. Tramp va Putin Vetnamda uchrashadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Osiyo bo‘ylab turnesi davomida turli xil uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Bugun janob Tramp Janubiy Koreyadagi safarini yakunlab, Xitoyga yo‘l oldi. Ma'lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan ikkinchi marta uchrashishi aynan Osiyo turnesiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Vetnamda 8-11 noyabr kunlari AREC (Osiyo-Tinch Okeani davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti) yig‘ilishi o‘tkaziladi. Tramp va Putin aynan mana shu ushbu sammit doirasida uchrashishi kutilmoqda. AQSh tomon bu uchrashuvning tashabbuskori hisoblanadi va Rossiya tomon bunga qarshi emas.
«Biz AQSh tomonining bu uchrashuvni tashkillashtirmoqchi ekanidan xabarimiz bor. Prezident Putin bunga qarshi emas va bundan amerikaliklar xabardor»,- degan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026