Investitsiya kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzildi
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Oliy Majlis Senati va BMT Taraqqiyot dasturining ekspertlari ko‘magida Investitsiya kodeksini ishlab chiqishga doir ishlarni olib boruvchi idoralararo ishchi guruhi tuzildi. 8 noyabr kuni Toshkent shahrida mamlakatdagi investitsion muhitni yaxshilashga doir bo‘lib o‘tgan xalqaro davra suhbatida shu haqida ma'lum qilindi.
Muhokamalar davomida hukumat vakillari, tadbirkorlar, yetakchi ekspertlar mazkur Kodeksning konsepsiyasini muhokama qilishdi. Ularning ta'kidlashicha, ushbu hujjat mavjud muammolarni hal qilish yo‘llarini aniqlashda, sarmoyaviy salohiyatning oshishida, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonunlar ishlab chiqilishida hamda kafolatlangan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishida alohida ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda Investitsiya kodeksining loyihasi www.regulation.gov.uz. portalida jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilganligi qayd etildi.
Shuningdek, davra suhbati davomida Jahon banki, YeTTB, yirik konsalting kompaniyalari bo‘lgan Ernst & Young va KPMG kabi xalqaro tuzilmalar spikerlari o‘z nutqlarida valyuta siyosatini liberallashtirish va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni yuqori baholab, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish barobarida iqtisodiy islohotlarga oid tavsiyalar ham berishdi.
Tadbirkorlik tuzilmalari vakillari o‘z tajribasi va mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga doir o‘zlarining aniq takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning nufuzli xalqaro reytinglardagi pozitsiyasiga va xorijiy sarmoyadorlar tomonidan ishbilarmonlik muhitini idrok etishlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatayotganligi qayd etildi.
Mavzuga oid
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:32 / 07.11.2024