Lyuksemburg offshor hududlar ro‘yxatidan chiqarildi
2017 yil 7 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb yozadi adliya vazirligi axborot xizmati.
2015 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) soliq solish maqsadida shaffoflik va axborot almashish bo‘yicha dunyo forumi Lyuksemburgni mazkur tashkilotning “talablariga yetarli darajada muvofiq keladigan davlat” sifatida tan olgan.
Shunga ko‘ra, mazkur o‘zgartirish bilan Lyuksemburg imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar) ro‘yxatidan chiqarib tashlandi.
Bundan buyon tijorat banklari tomonidan mijozlarning Lyuksemburgda ro‘yxatdan o‘tgan, shuningdek norezidentlarning ushbu davlatda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi yuzasidan to‘lov amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilmaydi, deb xabar beradi adliya vazirligi axborot xizmati.
Mavzuga oid
11:30 / 15.08.2024
Fridman Lyuksemburgdan 16 mlrd dollar talab qilyapti
21:51 / 04.06.2024
Advokat stajyoriga o‘rindoshlik asosida stajirovka o‘tashga ruxsat berildi
07:55 / 23.05.2024
Fridman Lyuksemburgdan qariyb 16 mlrd dollar talab qilmoqda
19:00 / 05.12.2023