«Davlat xizmatlarini körsatiş tizimini takomillaştiriş hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoniga köra, 2026 yil 1 yanvardan Vakolat.uz platformasi işga tuşiriladi.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
- davlat xizmatlaridan foydalaniş va davlat xizmati natijalarini oliş böyiça boşqa şaxslarga işonçnomalarni rasmiylaştiriş;
- yuridik şaxslar tomonidan rasmiylaştirilgan işonçnomalarni ixtiyoriy röyxatdan ötkaziş;
- barça turdagi işonçnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekşiriş.
- Vakolat.uz platformasidan bepul asosda foydalaniş.
2026 yil 1 yanvardan Davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqiladigan «Davlat xizmatlari» avtomatlaştirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi.
Bunda har bir davlat xizmati böyiça raqamli pasport şakllantiriladi hamda har bir davlat xizmatini Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritiş normativ-huquqiy hujjat asosida amalga oşiriladi.

















