Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 ta universitetda mingdan ortiq asar bo‘yicha mualliflik huquqi buzilgani aniqlandi
Adliya vazirligi 5 ta universitetda adabiy asarlar mualliflar ruxsatisiz internetga joylanganini aniqladi. Endi mualliflar qonunchilikka ko‘ra, 412 million so‘mgacha tovon talab qilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Adliya vazirligi tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalarida «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda qonunbuzarliklar aniqlandi.
Jumladan, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida mingdan ortiq adabiy asarlar muallif yoki boshqa huquq egalaridan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgan va internetga joylangani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, oliy ta’lim muassasalari mas’ullariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.
Adliya vazirligining eslatishicha, muallif yoki boshqa huquq egasi zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHM 20 baravaridan 1000 baravarigacha (8,2 mln – 412 mln so‘m) miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega.
Mavzuga oid
19:58 / 30.12.2025
Oliy ta’limda kontrakt to‘lash muddati 31 yanvarga qadar uzaytirildi
20:30 / 24.12.2025
Yozuvchilar eng yirik sun’iy intellekt platformalarini sudga berdi
18:52 / 06.12.2025
O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni 30 taga yetdi
15:43 / 03.12.2025