Sport | 19:50 / 08.11.2017
16636
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar o‘ynagisi kelmasa, Fransiya chempionati o‘yinlarini o‘tkazib yubormoqda

Foto: Reuters

Ispaniyaning Sport nashri shov-shuvli xabarni chop qildi. Unda Neymarning «Anjye» klubiga qarshi o‘yinni g‘alati sabab tufayli o‘tkazib yuborgani yozilgan.

Avvalroq, Unai Emeri futbolchi sog‘lig‘idagi kichik muammo tufayli, o‘zini yaxshi his qilmayotganini va bu o‘yinga bormasligini aytgan edi. Ammo, keyinchalik bu gaplar asossiz ekani, aslida Neymar ishtiyoqi yo‘qligi tufayli, autsayderga qarshi maydonga tushishini istamagani ma'lum bo‘ldi.

Fransiyaga kelganidan so‘ng, braziliyalik futbolchini chempionat saviyasining juda pastligi hayron qoldirgan va u umuman bunday o‘yinlarda ishtirok etishni istamayapti. Hatto Neymarsiz o‘ynagan PSJ raqibni 5:0 hisobida mag‘lub etib qaytgan edi.

Neymar faqat Chempionlar ligasi o‘yinlarida bor kuchi bilan harakat qilishni xohlamoqda. Liga 1 musobaqasida esa bunday o‘yinlarni o‘tkazib yuborishni niyat qilgan. 

Neymarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘qligini seshanba kuni Braziliya terma jamoasi shifokori oshkor qilib qo‘ydi. U o‘tgan haftada Neymarning jarohat olgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi.

Mavzuga oid