Sirdaryo IIB marixuana savdosining oldini oldi
6 noyabr kuni soat 20:30 atrofida gulistonlik X.Avvalboyev Guliston tumani, Oltin vodiy MFY hududida N. ismli shaxsdan oq rangli polietilen qopga joylashtirilgan, yashil rangli, quritilgan, o‘zidan o‘tkir hid tarqatuvchi, og‘irligi taxminan 5 kilogrammcha marixuanaga o‘xshash moddani 800 ming so‘mga sotayotgan vaqtda Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, daliliy ashyolar olib qo‘yildi. Bu haqida Sirdaryo viloyati IIB xabar berdi.
Sirdaryo viloyati IIB EKBning 2017 yil 8 noyabrdagi 885-sonli xulosasiga ko‘ra, N. ismli shaxsdan olingan o‘simlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lib, u “marixuana” deb ataladi. Uning nam holdagi og‘irligi 5.468 grammga teng bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan X.Avvalboyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (qonunga xilof ravishda giyohvandlik moddasini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
09:30 / 18.06.2024
Merilendda giyohvand modda uchun sudlangan 100 ming kishi afv etildi
17:58 / 08.01.2024
Samarqand viloyatidagi xonadondan qariyb 32 kg marixuana topildi
14:00 / 24.10.2022
Samarqandda 20 kilogramm marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
18:01 / 18.02.2022