Jahon | 22:38 / 08.11.2017
5345
2 daqiqa o‘qiladi

Vetnamdagi to‘fon qurbonlari soni 106 nafarga yetdi

Foto: AFP 2017 / STR

O‘tgan dam olish kunlari Vetnamning markaziy qismiga yopirilgan “Damri” to‘foni kamida 106 kishining hayotini olib ketdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Avvalroq 89 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 200 ga yaqin kishi jarohat olgan, 25 kishi bedarak yo‘qolgan. Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 49 ta suv ombori kuchli yomg‘irlar oqibatida toshgan.

Ma'lum qilinishicha, yomon ob-havo tufayli Vetnamning Dananga shahrida 6-11 noyabr kunlari o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti javdaliga o‘zgartirish kiritilmagan. Mahalliy hukumat shaharda toshqindan qochish maqsadida sammit ishtirokchilari kelishidan oldin barcha zaruriy choralarni ko‘rgan.      

“Damri” to‘foni oxirgi 20 yil ichida Vetnamdagi 12-to‘fon va ulardan eng vayronkori bo‘ldi. 30 mingdan ko‘proq odam toshqinlardan qochib o‘z uylarini tark etgan. To‘fon tufayli Markaziy Vetnamda transport bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan. Mamlakatning shimol va janubini bog‘lovchi temir yo‘lning 30 km lik qismi suv ostida qolgan.

Mavzuga oid