Viyetnam Kommunistik partiyasi (VKP) Markaziy qömitasining plenumida Viyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti To Lam VKP Markaziy qömitasining yangi boş kotibi etib saylandi.

Lam aytişiça, uning lavozimga kirişişidagi eng muhim vazifa «partiya yetakçiligini ta’minlaşning şoşilinç zarurati».

U sobiq prezident va boş kotib Nguyen Fu Çongning «inqilobiy yutuqlarini meros qilib olişga va ularga rioya qilişga» va’da berdi. Lamning prezident sifatida qolişi yoki qolmasligi noma’lum.

Köp yillar davomida VKP boş kotibi lavozimida işlagan Nguyen Fu Çong 19 iyul kuni vafot etdi.