Vetnamdagi to‘fon qurbonlari soni 89 kishigacha yetdi
Vetnamga yopirilgan “Damri” to‘foni tufayli halok bo‘lganlar soni 89 kishigacha yetdi, 18 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mahalliy VnExpress nashri xabar bermoqda.
To‘fon Vetnamga o‘tgan dam olish kunlari yopirilib, toshqinlar va ko‘chkilar keltirib chiqargan. U joriy yilda Vetnamning sohilbo‘yi hududlariga yopirilgan kuchli shtormlardan biri bo‘ldi. Ayni vaqtda 100 mingdan ko‘proq uy suv ostida qolgan. Ta'kidlanishicha, Kxanxoa viloyati eng ko‘p jabr ko‘rgan.
Ma'lum qilinganidek, Vetnam hukumati to‘fon, toshqin va ko‘chkilar vaziyatiga OTIH sammiti ishtirokchilari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha bir nechta rejalar tuzib qo‘ygan. Sammitga Rossiya va AQSh prezidentlari, Yaponiya bosh vaziri, Xitoy raisi va boshqa ko‘plab davlatlar yetakchilari kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
11:54 / 26.08.2023
AQShning «manglayidagi qora dog‘» – amerikaliklar Vetnamdagi qishloq aholisini nega qatliom qilgandi?
18:30 / 23.05.2023
«General asirni o‘ldirdi, men fotoapparatim bilan generalni o‘ldirdim» – Vetnam urushining shafqatsizliklari tasvirlangan surat tarixi
11:11 / 23.03.2023