O‘zbekiston | 21:40 / 08.11.2017
6745
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki vakili O‘zbekistondagi investitsion muhitni yaxshilashga doir tavsiyalari bilan bo‘lishdi

Jahon bankining savdo va raqobatbardoshlik sohasidagi global amaliyotlari yetakchi iqtisodchisi Shtefka Slavova O‘zbekistondagi investitsion muhitni yaxshilash borasida qator takliflar kiritdi. KUN.UZ muxbiri O‘zbekistonda investitsion muhitni yaxshilashga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbatida bo‘lib, shu haqida xabar berdi. 

Slavova o‘z so‘zi avvalida O‘zbekistonga ilk bor 8 yil avval kelgani va o‘sha vaqtlarga taqqoslaganda hozirda O‘zbekistonning pozitsiyasi ancha yaxshilanganini ta'kidladi. Bunga dalil sifatida mamlakatning Doing Business reytingida eng ilg‘or rivojlanayotgan 10 mamlakat qatoriga kirganini keltirildi. Shtefka Slavova O‘zbekiston geografik jihatdan rivojlangan mamlakatlardan ancha uzoqda joylashgan bo‘lishiga qaramay, ilg‘or taraqqiy etayotganiga urg‘u berdi.  

Jahon banki vakili ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda sohada mavjud muammolarga ham to‘xtalib o‘tib, bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga doir tavsiyalari bilan bo‘lishdi. Tavsiyalar quyidagilardan iborat:

1.  Lisenziya berish jarayonlarini yanada soddalashtirish;
2.  Investitsiya kiritishni faollashtirish;
3.  Investitsiyalarning hududlarga kirib borishi;
4.  Xususiy sektorni yanada faollashtirish;
5.  Qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishni tezlashtirish;
6.  Qurilish ishlariga ruxsat olishni soddalashtirish;
7.  Elektron hujjatlarni ko‘proq qo‘llash (vaqtni tejaydi);
8.  Viloyatlar va tumanlarda biznes yuritish ishlarini baholash tizimini faol yo‘lga qo‘yish. 

Mavzuga oid