Alibaba Kremniy vodiysining muqobilini kelajak shahriga aylantirmoqchi
Alibaba kompaniyasi AQShdagi Kremniy vodiysining Xitoydagi muqobili – Syunan megapolisiga o‘z innovatsion va texnologik resurslarini butun Xitoyga namuna bo‘ladigan qilib tatbiq qilmoqchi. Bu haqda China Daily nashri ma'lum qildi.
Alibaba hozircha loyihalanayotgan Syunanni namunali “aqlli” shaharga aylantirish uchun eng zamonaviy texnologik yutuqlardan foydalanishini e'lon qildi. Buning uchun kompaniya katta hajmdagi ma'lumotlar, kompyuter ishlanmalari, zamonaviy logistik tizim, moliya tizimlari va elektron tijoratga katta mablag‘lar sarmoya qilishni boshlaydi.
“Bizning maqsad Syunanda biznes bilan shug‘ullanishdan iborat. Biz kelajak shahrini qurish uchun bu shaharga barcha innovatsion va texnologik resurslarimizni tatbiq qilmoqchimiz. Ko‘rasiz, yaqinda bu shaharga Xitoyning barcha shaharlari tenglashishga harakat qiladi”, deb aytdi Alibaba asoschisi Jyek Ma.
Shaharda kompaniyaning moliya-texnika, texnologiya va logistika sohalarida faoliyat yurituvchi filiallari ro‘yxatdan o‘tdi. Yaqin orada shaharda “aqlli” avtoturargohlar, kassirlarsiz supermarketlar paydo bo‘ladi.
Syunan shahri AQShdagi Kremniy vodiysining muqobili sifatida loyihalangan. Joriy yilning aprelida Xitoy raisi Si Tszinpin bu shahar Pekindan 100 km uzoqlikda qurilishini e'lon qilgan. Yaqin 20 yil ichida ushbu loyihaga 362 mlrd dollar sarmoya qilish rejalashtirilgan. Morgan Stanley ma'lumotlariga ko‘ra, “kelajak shahriga” 4,5 mln kishi ko‘chib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:31 / 03.05.2022
Ma ismli shaxs hibsga olingani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Alibaba aksiyalari narxi tushib ketdi
14:12 / 26.10.2021
Xitoylik bloger 12 soatlik jonli efir chog‘ida 340 mln dollar ishlab topdi
22:43 / 25.10.2021
Alibaba bozor qiymati pasayishi bo‘yicha antirekord qayd qildi
17:41 / 13.09.2021