Jahon | 19:50 / 09.11.2017
6209
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida 10 ta hukumatlararo bitim imzolanadi

Foto: tvc.ru

Rossiya va Qozog‘iston payshanba kuni XIV Mintaqalararo hamkorlik forumi maydonida 10 ta hukumatlararo bitimni imzolashni rejalashtirmoqda. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev RF prezidenti Vladimir Putin bilan kechgan uchrashuvda shu haqida ma'lum qildi. 

"Mintaqalararo hamkorlik - bu mamlakatlarimiz iqtisodiy hamkorligining asosi", - dedi Nazarboyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar aylanmasi so‘nggi to‘qqiz oyda 31 foizga oshgan. "Ma'lumki, vazirliklarimiz 30 ta hukumatlararo bitim ustida ishlashgan, ulardan 10 tasini imzolaymiz", - deydi u.

Putin Nazarboyevni Rossiyaning sanoat markazlaridan biri hisoblangan Chelyabinskda ko‘rganidan xursand ekanini ta'kidladi. Qozog‘iston prezidenti bu shahar uning yoshligidagi xotiralari bilan bog‘liqligini ta'kidladi.

"O‘z vaqtida bu yerdagi barcha yirik korxonalarda bo‘lganman. Magnitogorsk metallurg kombinati o‘sha paytlar 20 million tonna po‘lat ishlab chiqarardi; dunyodagi hech bir zavod buncha po‘lat ishlab chiqarmasdi. Biz shu yerda o‘qiganmiz, shu yerda mutaxassis bo‘lganmiz", - dedi u.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid