Jahon | 10:50 / 09.11.2017
7432
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Si Tszinpinga: KXDR muammosini hal qilsa bo‘ladi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Pekindagi uchrashuvda XXR raisi Si Tszinpinga KXDR muammosini hal etish mumkinligi haqida ma'lum qildi.

Xitoy yetakchisi, o‘z navbatida, Pekin va Vashingtonning munosabatlari “butun dunyodagi tinchlik, barqarorlik hamda taraqqiyotga aloqador ekanini” ta'kidlagan. “Xitoy hamda AQSh uchun yagona to‘g‘ri tanlov bu - kooperatsiya”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.

Shuningdek, Si Tszinpinning xabar berishicha, Tramp bilan Afg‘oniston hamda Koreya yarim oroli bo‘yicha muvofiqlashtiruvni kuchaytirish masalasini muhokama qilgan va “Xitoy-Amerika munosabatlari rivojini rag‘batlantirishga” kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Pxenyan va Vashingtonning qarama-qarshiligi AQSh hamda Janubiy Koreyaning harbiy mashqlari fonida yanada keskinlashdi. Janubiy Koreyada KXDR tahdidi tufayli amerikalik 28 ming askar joylashtirilgan. Pxenyan, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlardan xavfsiramoqda hamda BMT Xavfsizlik Kengashining qattiq sanksiyalariga qaramay, o‘zining yadro va raketa salohiyatini kuchaytirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid