20:50 / 10.11.2017
11156

Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishining aniq vaqti ma'lum qilindi

Foto:finam.info

9 noyabrda Buyuk Britaniya hukumati Yevropa Ittifoqidan chiqishning aniq vaqtini qonunan rasmiylashtirdi. Unga ko‘ra, mamlakat 2019 yil 29 martda London vaqti bilan soat 23.00da (Markaziy Yevropa vaqti bo‘yicha soat 00.00) rasman Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqadi. 

Britaniyaning Brexit masalalari bo‘yicha vaziri Devid Devisning ma'lum qilishicha, sana avvaldan ma'lum bo‘lgani sabab hukumat unga qo‘shimcha ravishda jarayon yuz beradigan aniq soatni ham kiritib qo‘ygan.

“Biz jamoatchilik vakillari va parlament a'zolarini tinglab, chalkashliklar bo‘lmasligi uchun ushbu aniqlikni kiritdik”, deb aytgan vazir.

Britaniya hukumati Brexit jarayoni boshlangandan keyin roppa-rosa 2 yil o‘tib Yevropa Ittifoqidan chiqishni yakunlashga va'da bergandi. 

2016 yil iyunida Britaniyada mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum o‘tkazilgan. Uning natijalariga ko‘ra, Brexit uchun 51,9 foiz ovoz berilgan. Hozirda London va Bryussel qirollik ittifoqni qanday shartlarda tark etishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. 

Mavzuga oid
Top