Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tszinpin: Xitoy tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib qoladi
Xitoy bundan keyin ham tinch taraqqiyot yo‘lidan boradi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (OTM) tinchlik hamda barqarorlikning kafolati bo‘lib qoladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Vetnamning Danang shahrida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida so‘zlagan nutqida ma'lum qildi.
«Biz, xitoyliklar, tinchlik - eng qadrli narsa ekani, hamda barcha mamlakatlar o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz. Biz rivojlanishning tinch yo‘lini davom ettiramiz. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va undan tashqarida tinchlik hamda barqarorlikning kafolati bo‘lib qolamiz», - deya aytib o‘tdi Si Tszinpin.
Uning ta'kidlashicha, Xitoy kelajakda adolat tamoyiliga asoslanib, boshqa davlatlar bilan yangi turdagi munosabatlarni rivojlantiradi. Ularning o‘ziga xos xususiyati esa o‘zaro hurmat, adolat va manfaatli hamkorlik bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:31 / 16.07.2026
Xitoyda o‘ta realistik U1 odamsimon-hamroh roboti taqdim etildi
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
18:33 / 13.07.2026