Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Mirziyoyev bildirgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan birinchi davlat bo‘ldi
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan bildirilgan «Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining noformal maslahatlashuvini tashkil etish» taklifini ma'qullamoqda. Bu haqda KUN.UZ muxbiri Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov so‘zlariga tayangan holda xabar beradi.
«Nursulton Nazarboyev mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, ilk uchrashuvni kelgusi yil Navro‘z ayyomi arafasida Qozog‘istonda o‘tkazishni taklif qiladi», - dedi Abdrahmonov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjuman bosh minbaridan.
Vazirning aytishicha, «Markaziy Osiyodagi dolzarb masalalarni faqat o‘zaro kuchlarni birlashtirib, umumiy mas'uliyatni his etgan holda hal qilish mumkin».
Mavzuga oid
10:17 / 16.07.2026
O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
10:15 / 17.06.2026