Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXX tezkor xodimlari Sirdaryoda ikki nafar firibgarni qo‘lga olishdi
So‘nggi vaqtlarda turli noqonuniy sxemalardan foydalanib, OTMga o‘qishga kiritish, ishga joylashish yoki armiyada muddatli harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha go‘yoki yordam ko‘rsatish uchun fuqarolardan aldov yo‘li bilan pul talab qilishga urinayotgan jinoyatchilar sonining ko‘payishi kuzatilmoqda.
Bu, asosan, fuqarolar shunday firibgarlarga ishonayotgani va ularga yordam ko‘rsatishidan umid qilib, mablag‘larini berishlari bilan bog‘liq. Lekin, haqiqat achchiq bo‘ladi – jinoyatchilar odamlarni hech narsasiz qoldirib, pul bilan birga izsiz g‘oyib bo‘lishadi. Bunday firibgarlarga qarshi kurashish uchun huquqni muhofaza qilish organlari bir qator maxsus tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Kuni kecha Milliy xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan maxsus amaliyot o‘tkazishdi, uning davomida armiyaga muddatli harbiy xizmatga jo‘natishda yordam ko‘rsatish uchun pul talab qilgan firibgar qo‘lga olindi.
"Xovos tumanidagi professional kollejlardan birining informatika o‘qituvchisi Oybek Sidiqov fuqaro “M.G.”dan 1200 AQSh dollarini olayotgan paytida jinoyat ustida ushlandi. U bu mablag‘ evaziga go‘yoki o‘zining tanishlari yordamida fuqaroning o‘g‘lini muddatli harbiy xizmatga chaqirishda ko‘mak ko‘rsatishga va'da qilgan", - deya ta'kidlab o‘tdi MXX vakili.
Bundan tashqari, Xovos temir yo‘l-ta'mirlash korxonasi ustasi Elyor Haqberdiyev huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlandi. U bu mablag‘ni ishga joylashishda yordam ko‘rsatish uchun talab qilgan.
Ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi tomonidan O.Sidiqov va E.Haqberdiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15:42 / 09.01.2026
“Sen “go‘sht”san, o‘liging ham, tiriging ham bizniki, deyishdi” – Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan sirdaryolik yigit hikoyasi
19:16 / 08.01.2026
Uchtepa tumani hokimligi xodimi 3 ming dollar bilan ushlandi
11:15 / 07.01.2026