Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Tramp uchrashuvi o‘tkazilishi so‘roq ostida - Kreml
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi bo‘yicha hali kelishuvga erishilmagani, bu borada muzokaralar davom etayotganini bildirdi.
«Hozircha uchrashuv bo‘yicha kelishuvga erishilmadi. Hozircha aniq javob yo‘q», — deya uning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Bundan avvalgi xabarlarda ikki siyosatchi Vetnamdagi Osiyo-Tinch okeani sammiti doirasida uchrashishi aytilgandi.
Vetnamdagi sammit 10-11 noyabr kunlarida o‘tkazilmoqda.
Bu uchrashuv haqida dastlab Donald Tramp anons bergandi. U rossiyalik hamkasbi bilan Shimoliy Koreya masalasida gaplashib olmoqchiligini aytgandi.
Keyinroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ham bu uchrashuv nazarda tutilayotgani, tomonlar Suriya, Ukraina va Shimoliy Koreya masalasida gaplashishi mumkinligini bildirdi.
Bugun esa Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh prezidentining tig‘iz grafigi bu uchrashuvga vaqt qoldirmasligi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026