Jahon | 21:20 / 10.11.2017
31927
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp sammitdagi qabul marosimini erta tark etdi va Putin bilan gaplashmadi

Foto: Mikhail Klimentev/Reuters

Vladimir Putin va Donald Tramp OTIH sammiti vaqtida o‘zaro qo‘l berib ko‘rishgan bo‘lishsada, qabul vaqtida gaplashishmadi.

Ikki siyosatchi qabul marosimi avvalida suratga tushishda yonma-yon turishgan va bir-birlari bilan iliq so‘rashishgan. Suratga tushish yakunlangach, barcha davlat rahbarlari Vetnam prezidenti tomonidan tashkil qilingan ziyofatga yo‘l olishgan.

Ammo AQSh prezidenti qabul marosimidan barvaqt chiqib ketgan, Putin oxirigacha qolgan.

Shu tariqa, ikki siyosatchining uchrashuvi o‘tkazilmay qolmoqda.

Osiyoga turnega chiqishdan avval Donald Tramp Vetnamda Rossiya prezidenti bilan uchrashish niyatida ekanini aytgandi. Keyinroq Rossiya tomoni ham bu uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkinligini tasdiqladi.

Ammo bugun Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh prezidentining tig‘iz grafigi bu uchrashuvga vaqt qoldirmasligi haqida ma'lum qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid