O‘zbekiston | 22:03 / 10.11.2017
33038
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Rossiyaga bordi

Foto: Rossiya IIV

10 noyabrda Moskvada Rossiya ichki ishlar vaziri, politsiya generali Vladimir Kolokoltsev va O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov amaliy uchrashuv o‘tkazishdi.  

Kolokoltsev Bobojonovni yangi lavozimga tayinlanishi bilan tabrikladi hamda ayni vaqtda Rossiya va O‘zbekiston ichki ishlar idoralarining o‘zaro hamkorligi jadal rivojlanayotganini ta'kidlab o‘tdi.    

U bunga misol tariqasida joriy yilda huquq-tartibot sohasida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rish bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tashkil etilganini keltirib o‘tdi.   

Kolokoltsev, shuningdek, mavjud qo‘shma guruhlar formatida migratsiya yo‘nalishidagi ishlarni faollashtirish zarurligini qayd qilib o‘tdi. “Migratsiya masalalari ekstremizm va terrorchilik kabi tahdidlar bilan katta jihatdan bog‘langan”, deb aytgan Rossiya vaziri.   

Bundan tashqari, uchrashuv vaqtida Rossiya ichki ishlar vazirligining o‘zbekistonlik mutaxassislarni oliy ta'lim dasturlari va jinoyatchilikka qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarida o‘qitishni davom ettirishga tayyorgarligi haqida gap ketgan.    

O‘z navbatida Bobojonov rossiyalik hamkasbini kasb bayrami bilan tabrikladi va ikki tomonlama hamkorlik tobora mustahkamlanishi va rivojlanishiga ishonch bildirib o‘tdi.

Mavzuga oid