Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi «Strategik hamkorlik to‘g‘risida»gi shartnoma ratifikatsiya qilindi
10 noyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari ikki davlat o‘rtasida «Strategik hamkorlik to‘g‘risida»gi shartnomani ratifikatsiya qilishdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Samarqand shahridagi «Forumlar majmuasi» binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ishtirok etdi.
Shartnoma joriy yilning 6 mart kuni Ashxobod shahrida, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan edi.
16 banddan iborat mazkur shartnoma ratifikatsiyalarni almashish bilan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026
Erondagi o‘zbekistonliklarga Turkmaniston orqali chiqishga ko‘maklashiladi
22:48 / 15.02.2026