03:05 / 10.11.2017
15548

JCh-2018. Xorvatiya va Shveytsariya o‘z o‘yinlarida g‘olib bo‘lishdi

Foto: Twitter/FIFAWorldCup

JCh-2018 saralashi pley-offining Yevropa mintaqasidagi 2ta uchrashuv o‘tkazildi. 

Xorvatiya terma jamoasi o‘z maydonida Gretsiyani qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 
Mezbonlar tarkibida Modrich, Kalinich, Perishich hamda Kramarich gollarga mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar yagona goli Papastatopulos tomonidan kiritildi. 

Yana bir uchrashuvda Shimoliy Irlandiya terma jamoasi o‘z maydonida Shveytsariyaga qarshi kuch sinashdi. Uchrashuv mehmonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi – 0:1. O‘yindagi yagona gol 58-daqiqada Rodriges tomonidan penaltini aniq amalga oshirish orqali kiritildi. 

Xorvatiya – Gretsiya 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 13, penalti Modrich, 2:0 – 19 Kalinich, 2:1 – 30 Papastatopulos, 3:1 – 33 Perishich, 4:1 – 49 Kramarich.
Xorvatiya – Subashich, Vida, Lovren, Strinich, Vrsalko, Modrich (Pashalich, 89), Perishich, Brozovich, Rakitich, Kramarich (Vlashich, 83), Kalinich (Rebich, 76).
Gretsiya – Karnezis, Papastatopulos, Tsavelas, Papadopulos, Stafilidis (Bakasetas, 72), Tsiolis, Manyatis (Retsos, 46), Zeka, Fortunis, Samaris (Taxtsidis, 62), Mitroglu.
Ogohlantirishlar: Karnezis (11), Zeka (21), Bakasetas (79).

Shimoliy Irlandiya – Shveytsariya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 58, penalti Rodriges.
Shimoliy Irlandiya – Makgovern, Evans, Makoli, Maklaflin, Norvud, Brant, Devis, Evans (Sevill, 65), Dallas (Uord, 52), Madjyennis, Laferti (Uoshington, 78).
Shveytsariya –    Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akandji, Djaka, Zakariya, Djyemaili (Fray, 83), Shakiri, Tsuber (Mexmedi, 87), Seferovich (Embolo, 77).
Ogohlantirishlar: Sher (5), Evans (57).

Top