11:54 / 11.11.2017
8214

Filippin aholisi Trampning mamlakatga kelishiga qarshi chiqmoqda

Foto: EPA

Filippinlik faollar AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga tashrif buyurishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazishmoqda. Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN - Association of SouthEast Asian Nations) sammitida ishtirok etishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» mahalliy OAVga tayangan holda.

Ta'kidlanishicha, 10 noyabr kuni, taxminan 350 kishi AQShning Maniladagi elchixonasiga marsh bilan yurib bormoqchi bo‘lgan, biroq politsiya tomonidan to‘xtatilgan.

13 noyabr kuni. Tramp bo‘yicha norozilik namoyishidan so‘ng, aksiya ishtirokchilari uning tulumini yoqib yuborish, shuningdek, AQSh elchixonasi va sammitning asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro anjumanlar-markazi yonida namoyish o‘tkazishni rejalashtirishmoqda.

Mavzuga oid
Top