Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki erkak va bir ayol Chilonzordagi xonadondan 17 mln. so‘m pulni o‘marib ketishdi
2017 yilning 18 oktabr kuni soat 8:00dan 19:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida fuqaro G.S.ning xonadoniga kirish eshigini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli bo‘lgan 17.000.000 so‘m pullari va bahosi 4.000.000 so‘m bo‘lgan «LG» rusumli televizorini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan D.G., I.U. va Yu.T. sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026