2008 yilgi iqtisodiy inqirozni bashorat qilgan iqtisodchi bitkoinni «ko‘mib» qo‘ya qoldi

Foto: hi-news.ru
Nyu-York universiteti professori, iqtisodchi Nuriel Rubini 2008 yilgi butunjahon moliyaviy inqirozini oldindan bashorat qilgan va tillarga tushgan edi. Shu kunlarda Varshavada bo‘lib turgan Rubini Business Insider nashriga intervyu berib, bitkoinni tartibga solish boshlanishi bilan u va boshqa kriptovalyutalarni ham noma'lum kelajak kutib turganini so‘zlab berdi.
Professor misol tariqasida Xitoyni keltirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda allaqachon ayriboshlovchilarning faoliyati taqiq ostiga olingan, yo‘l-yo‘lakay kriptovalyutalarni muomalaga kiritish va xarid qilish bo‘yicha yangi qonun va qoidalar ishlab chiqilmoqda. Ayni paytda boshqa bir qator mamlakatlarda ham bunday qonun loyihalari ustida ish olib borilmoqda. Rubinining ishonishicha, bu qonunlar qabul qilingach, kriptovlyutalarning kuni bitadi.
Bundan tashqari, uning fikricha kriptovalyutani to‘laqonli va jiddiy to‘lov vositasi sifatida qabul qilish qiyin, chunki uning qiymatiga juda ko‘plab omillar ta'sir ko‘rsatadi. Tahlilchining qayd etishicha, ayni paytda bitkoin ulkan chayqov ko‘pigi iskanjasiga tushib qolgan va o‘zini o‘zi yeb bitiryapti. U bu sohaga investitsiya kiritishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Bu Rubinining kriptovalyutalar «tomorqasiga otayotgan ilk toshi» emas. U shunga o‘xshash prognozlarni 2014 yilda ham qilgan edi. Lekin 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan farqli o‘laroq, bu holatda ekspert muayyan muddatlar haqida gap ochmagan.
Bu shubhasiz nufuzli fikr fonida boshqa ekspertlarning ham mutlaqo teskari fikrlari yangramoqda.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekiston | 19:47
-
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya imzolandi
O‘zbekiston | 19:42
-
Qo‘shni davlatlardan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
O‘zbekiston | 19:31
-
Vetnam mamlakatdagi birinchi erkin savdo zonasini tashkil etadi
Jahon | 19:31
Mavzuga oid

13:36 / 20.03.2025
Shimoliy Koreya bitkoin zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi

11:36 / 16.11.2024
1 dona Bitcoin 1 kilo oltindan qimmat. Narxlar nega keskin oshdi?

21:05 / 15.11.2024
AQShda milliardlab dollarlik bitkoinlarni o‘g‘irlagan rossiyalik haker qamaldi

16:19 / 03.06.2024