Bill Geyts Arizonada “aqlli shahar” yaratmoqchi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning investitsion kompaniyalaridan biri Belmont Partners Arizona shtati poytaxti Finiksdan mashinada taxminan 45 daqiqalik masofa uzoqlikda joylashgan yer maydoni sotib oldi. Ushbu shartli joy Belmont deb ataladi.
Yer maydoni 10 ming gektarni tashkil qiladi va Belmont Partners firmasi hujjatlariga ko‘ra, bu kimsasiz yerda “aqlli shahar” barpo etilmoqchi. Yer Finiksni La-Vegas bilan bog‘lovchi trassa yaqinida joylashgan.
Belmont yuqori tezlikdagi raqamli tarmoqlar, ma'lumotlar markazlari, yangi ishlab chiqarish texnologiyalari va distributsiya modellari, avtonom transport va avtonom logistik xablar atrofida ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llovchi infratuzilma va kommunikatsiyalardan iborat hamjamiyatni yaratadi, deb aytilgan Belmont Partners matbuot xizmatida.
Yer maydonining oltidan bir qismi ofislar va tijorat muassasalariga, yigirmadan biri esa maktablarga ajratiladi. Hududda 80 mingga yaqin uy va kvartiralar barpo etish rejalashtirilmoqda. “Aqlli shahar” qurilishi qachon boshlanishi hozircha noma'lum.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
O‘zbekiston | 12:44
-
Germaniyalik yevrodeputatlar 9 may kuni Moskvaga boradi
Jahon | 12:41
-
Buloqboshida suv toshqini yuzaga keldi
O‘zbekiston | 12:27
-
Van Universal Motors “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida FAW texnikalarining yangi modellari bilan qatnashdi
O‘zbekiston | 12:25
Mavzuga oid

18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi

23:19 / 01.03.2025
Bill Geyts kelgusi avlodlar duch keladigan 4 ta asosiy muammoni sanadi

11:26 / 13.01.2025
Toyota qurayotgan aqlli shahar kuzda aholini qabul qilishni boshlaydi

10:55 / 18.12.2024