Microsoft asosçilaridan biri Bill Geytsning sobiq rafiqasi Melinda Frenç-Geyts u pedofillik uçun qamalgan Jyeffri Epşteynning fayllarida nomi tilga olingani ortidan paydo bölgan savollarga «javob berişi» kerakligini aytdi. Frenç-Geytsning sözlariga köra, hujjatlar e’lon qilinişi uni özaro turmuşdagi «juda oğriqli davr»ni yodga olişga majbur qilgan.
«Bu gap yana oçilişi şaxsan men uçun juda oğir. Çunki bu meni nikoh davridagi juda oğriqli damlarni eslaşga majbur qiladi», – dedi Melinda Frenç-Geyts NRR Wild Card podkastida. Podkast payşanba kuni töliq şaklda e’lon qilinişi rejalaştirilgan.
«Qanday savollar tuğilgan bölmasin, men esa buning barçasini tasavvur ham qila olmayman, bu savollar [hujjatda keltirilgan] odamlar uçundir, şu jumladan, mening sobiq turmuş örtoğim uçun ham», – deya qöşimça qiladi u.
Bill Geytsning Jyeffri Epşteyn bilan aloqalari haqida 2019 yildayoq ma’lum edi; amerikalik jurnalistlarga köra, öşanda Melinda Frenç-Geyts ajraşiş haqida öylay boşlagan. Yakunda uşbu juftlik 2021 yilda ajraşadi.
Microsoft asosçisining nomi Epşteyn işi böyiça AQŞ Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatlarning sönggi qismida tilga olingan – Ilon Maskdan tortib Britaniya qiroli Çarlz III’ning ukasi Endryugaça bölgan boşqa köplab nufuzli şaxslarning ismlari bilan birga.
Şu bilan birga, Bill Geytsga nisbatan heç qanday ayblov qöyilmagan va hujjatlarda uning ismi tilga olinişining özi u qonunga zid biror iş qilganini anglatmaydi.
Hujjatlar orasida 2013 yil 18 iyulda Bill Geytsga yozilgan ikkita xat ham bor, Epşteyn ularni özining elektron poçtasiga yuborgan. U bu xatlarni tadbirkorga jönatganmi-yöqmi, bunisi noma’lum.
Xatlardan biri Bill va Melinda Geyts jamğarmasidan işdan böşaş töğrisidagi ariza sifatida yozilgan. Unda Epşteyn Bill Geytsga «rus qizlari bilan jinsiy aloqaning oqibatlarini bartaraf etiş uçun» dori-darmon topib berganini iddao qiladi.
Ikkinçi xatni esa u «qadrdonim Bill» sözlari bilan boşlagan. Unda Epşteyn Bill Geyts u bilan döstona muloqotni töxtatib qöyganidan nolib, yana bir bor Microsoft rahbari özidan jinsiy yöl orqali yuqadigan kasalliklardan tuzaliş uçun antibiotiklar topib berişni va bu dorilarni iloji boriça Melindaga bildirmasdan yetkazişni söragani haqida yozgan.
«Bu hujjatlar Epşteynning Geyts bilan aloqasi uzilganidan hafsalasi pir bölganini va tuhmat qiliş va tuzoqqa tuşiriş uçun qançalik nimalarga tayyorligini körsatadi», – degan NPR radiosiga Geytsning vakillari.














