Jahon | 17:10 / 12.11.2017
4831
2 daqiqa o‘qiladi

Bishkekdan Ashxobodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Foto: © RIA Novosti

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdan Turkmaniston bosh shahri Ashxobodgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Turkmaniston TIV xodimi Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.

«Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov joriy yilning 11 noyabr kuni Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya paytida ushbu masalani o‘zaro muhokama etdi», deydi Turkmaniston TIV xodimi.

Bishkek-Ashxobod o‘rtasidagi havo yo‘lagi 1472 kilometrni tashkil etadi. Ayni paytda ikki poytaxt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolayner qatnovi mavjud emas.

Shuningdek, suhbatda qirg‘iz-turkman munosabatlarining suv va energiya resurslari, savdo-iqtisodiy va madaniyat sohalariga to‘xtalib o‘tilgan. Ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga qaratilgan bir nechta kelishuvga erishgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid