Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Vetnam 12 mlrd dollarlik savdo bitimlari tuzishdi
Foto: Getty Images
AQSh va Vetnam kompaniyalari AQSh prezidenti Donald Trampning Vetnamga safari doirasida umumiy miqdori 12 mlrd dollar bo‘lgan bir nechta savdo bitimlari tuzishdi. Bu haqda Oq uy bayonotida ma'lum qilingan.
“AQSh va Vetnam yetakchilari Trampning tashrifi vaqtida 12 mlrd dollarlik savdo bitimlari tuzilganini qutlashdi”, deyilgan xabar matnida. Ikkala davlat yetakchisi energetika sohasida aloqalar kengayganini, jumladan Vetnamga AQShning suyultirilgan gazi yetkazib berilishi imkoniyati muhokama qilinganini ta'kidlab o‘tishgan. Bundan tashqari, AQSh Vetnamga quyosh energetikasini rivojlantirishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan.
Tramp va Vetnam prezidenti Chan Day Kuang mavjud savdo bahslari bo‘yicha, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilishi, elektron to‘lovlarni soddalashtirish va intellektual mulkka huquqlarni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha yechimlar topishga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
23:55 / 28.01.2026
Tramp oldida ojiz Amerika
20:50 / 28.01.2026
Tramp Eronni ogohlantirdi: «Vaqt tugab bormoqda»
20:09 / 28.01.2026
WSJ: Xitoy armiyasining eng yuqori martabali generali AQShga yadroviy sirlarni sizdirishda ayblanmoqda
15:09 / 28.01.2026