Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yekaterinburgda O‘zbekiston fuqarosi qotillik uchun 8,5 yilga qamaldi
Foto: RIA "Novosti"
Yo‘lovchini safar davomida kelib chiqqan kelishmovchilik tufayli o‘ldirgan taksichi 8,5 yilga qamaldi. Hodisa Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 2017 yilning may oyi boshlarida yuz bergan. Bu haqda rus OAV yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, Yekaterinburgdagi “Vezet” taksi xizmatida noqonuniy ravishda ishlagan O‘zbekiston fuqarosi 38 yoshli erkakning o‘ldirilishida aybdor deb topildi. Oybek Nosirov ismli shaxs 8,5 yilga qamaldi. Bu haqda Sverdlov viloyati prokuraturasi xabar bergan.
Qotillik joriy yilning 1 may kuni yuz bergan. Nosirov o‘z mashinasida mast bo‘lgan bir necha kishini olib ketayotgan bo‘lgan, ular yo‘l davomida o‘z yo‘nalishlarini bir necha marta o‘zgartirishgan. Yo‘lovchilar taksichidan navbatdagi bora boshqa joyga olib borishni so‘rashganida, uning jahli chiqib ketgan hamda ularni mashinadan tushirib yuborgan. Biroq oddiy janjal mushtlashuvga aylanib ketadi. Natijada haydovchi otvyortkani olib, uni raqibining boshiga tiqib olgan. Erkak hayotdan ko‘z yumdi.
Mavzuga oid
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
14:45 / 11.05.2026