Jamiyat | 09:10 / 13.11.2017
19347
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘lga olingan o‘zbek migrantlari FXX ruxsatisiz Rossiyadan chiqib keta olmayapti

Rossiyaning Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazining Samara viloyati bo‘yicha bo‘limida qolayotgan o‘zbekistonlik migrantlar RF Federal xavfsizlik xizmatining ruxsatisiz ortga qaytib keta olmayotganliklarini xabar berishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, rus maxsus xizmatlari tekshiruvidan o‘tgan migrantlar uyga o‘z hisoblaridan jo‘nab ketishmoqda. Bu haqda Nuz.uz xabar berdi.

Samara viloyatidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridan birida ikki oydan beri qolayotgan 22 yoshli Durbek rus maxsus xizmatlari unga O‘zbekistonga jo‘nab ketishga ruxsat bermayotganini aytgan.

"10 oktabr kuni meni do‘stim bilan FXX xodimlari ushlashdi, bo‘linmaga olib ketishdi. So‘ng bizni Rossiya migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun sud qilishdi. Bizdan qandaydir hujjatlarga imzo qo‘yishni so‘rashdi, keyin o‘n kun davomida mamlakatni tark etishimiz lozim edi. Barcha qog‘ozlarga imzo chekdik, qo‘limizga kishanlar taqishdi va Tolyatti shahriga olib ketishdi. Bir oy avval bizga sotib olingan chiptalarni bekor qilishdi hamda FXX Rossiyani tark etishga ruxsat bermayotganini aytishdi. Ular bizning aybimiz nimada ekanini ham tushuntirishayotgani yo‘q", - degan Durbek.

Durbekning aytishicha, bir necha kun avval markazdan O‘zbekistonning o‘ttiz besh fuqarosi chiqarib yuborilgan, keyinchalik ularni Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga yuborishgan. Biroq unga vataniga qaytib ketishga ruxsat berishmadi.

Yaqinda Rossiyada inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova hukumatga Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlari uchun pul ajratish bo‘yicha murojaat qildi. Rossiyalik ombudsmenning so‘zlariga ko‘ra, davlat byudjyetidan ajratilayotgan mablag‘larning yetishmovchiligi tufayli, xorijliklarni vataniga deportatsiya qilish jarayoni uzoqqa cho‘zilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid