Jamiyat | 15:45 / 13.11.2017
6928
2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: Havodagi karbonat angidrid gazi miqdori 3 yilda birinchi marta ko‘tarildi

Jahon atmosferasida is gazlari miqdori so‘nggi 3 yilda birinchi marta ko‘tarildi. Bu Parij kelishuvining asosiy vazifasi – global iqlim isishini 1,5 SO darajada saqlab turishni amalga oshirishni qiyinlashtiradi. Olimlar yangi Global Carbon Project hisobotida shunday fikrni ilgari surishmoqda.

"Bu o‘ta tashvishlanarli ma'lumotlardir. Ammo men hamon iqlimiy tizimni yaxshilay olishimizga umid qilmoqdaman. AQShda, masalan, fuqarolar v xususiy kompaniyalar, garchi hukumat ularga nisbatan barcha imtiyozlarni bekor qilganiga qaramay, "yashil" texnologiyalar va ishlab chiqarish usullaridan voz kechgani yo‘q", — degan Stenford iqlimshunosi va GCP rahbari Rob Jyekson. 

Global Carbon Project tashkiloti har yili dunyo mamlakatlarida ishlab chiqilayotgan va havoga chiqarilayotgan SO2 va boshqa issiqxona gazlarining miqdori xususida hisobot tayyorlaydi. 

Yangi hisobotga muvofiq, bu yil issiqxona gazlari miqdori 37 milliard tonna SO2 gaziga to‘g‘ri keladi. Umumiy gazlar miqdori esa, 41 milliard tonnaga yetadi.

Bu o‘sishning katta qismi Xitoyda sanoat rivoji bilan bog‘liq. Olimlarning fikricha, XXRda havoga ajratilayotgan issiqxona gazlari 3,5 foizga oshadi. 

Rossiya dunyoda issiqxona gazlari ajratishbo‘yicha Xitoy, AQSh va Hindistondan keyingi o‘rinni egallaydi. Garchi AQSh va Yevropada bu miqdor pasaygan bo‘lsa-da, Hindistonda issiqxona gazlarini havoga chiqarish hajmi oshgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid