O‘zbekiston | 22:28 / 13.11.2017
5165
2 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Madrid shahrida Qirollik hukumati vakillari bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

13 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahrida Ispaniya Qirolligi Savdo bo‘yicha davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Ispaniya investitsion aloqalarni kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi va nomenklaturasi ko‘paytirish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘lib, 2017 yilning yanvar-iyul oylarida bu ko‘rsatgich 71,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Uchrashuv va shu kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forumda iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikdagi va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirishning istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Ispaniya Qirolligi Hukumati o‘rtasida iqtisodiyot va sanoat sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ispaniya Savdo palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
 

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid