Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda navbatdagi portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi
Foto: Reuters
Yamanning Adan shahrida ikki xudkush mashina to‘la portlovchi moddalar vositasida mudhish terakt sodir etdi. Guvohlarning aytishicha, kamida 6 kishi portlash oqibatida halok bo‘lgan.
Voqea Saudiya hukumati ko‘magida harakatlanayotgan Ittifoqchilar tashkil etgan lagerdan tashqarida yuz bergan. Ayni paytda Ittifoqchilar Yamandagi husiychilar jamoasiga qarshi amaliyotlarni boshlab yuborgan. Bu harakatlar oqibatida tinch aholi vakillari ham jabr ko‘rmoqda.
Jahon hamjamiyati tan olgan mamlakat prezidenti Mansur Hodiy yoki Eron ko‘magida bo‘lgan husiychilar hodisaga nisbatan rasmiy bayonot bermadi.
2015 yilda Adan ostonasida mag‘lub bo‘lgan husiychilar shahardan chiqib ketgach, mazkur port shahar amaldagi prezident Mansur Hodiyning vaqtincha poytaxti bo‘lib kelmoqda.
Mavzuga oid
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
21:43 / 16.02.2026
Rossiyada «Krokus» terakti ishi bo‘yicha 15 nafar sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi so‘raldi
16:09 / 06.02.2026