O‘zbekiston | 10:55 / 14.11.2017
11482
3 daqiqa o‘qiladi

Ekspertiza xulosasidan so‘ng giyohvandlik vositalari 15 kun ichida MXX organlariga topshiriladi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritildi.

Yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartishlar:

1.23-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«23. Surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ular bo‘yicha tegishli ekspertiza xulosasi olingunga qadar muhrlangan holda tegishlicha IIV, MXX organi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash xonasida yoki jazoni ijro etish muassasasida yashash va ishlab chiqarish zonalaridan tashqarida joylashgan operativ qismning seyfida saqlanishi shart.

Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar 15 kun ichida markazlashtirilgan holda saqlash uchun MXX organlariga topshirilishi shart».

2.  72-bandda:

birinchi xatboshidagi «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamentining hududiy organiga» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organiga» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

ikkinchi xatboshidagi «Sud departamentining» degan so‘zlar «Majburiy ijro byurosining» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

3.  73-bandning ikkinchi xatboshisidagi «Sud departamentining» degan so‘zlar «Majburiy ijro byurosining» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

4.  74-bandning birinchi xatboshisidagi «Sud departamentining» degan so‘zlar «Majburiy ijro byurosining» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

5.  Butun matn bo‘yicha «sud ijrochisi» degan so‘zlar «davlat ijrochisi» degan so‘zlar bilan tegishli kelishiklarda almashtirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid